10 Yanvar 2023 yil 56

Do’konni o’g’ri urgandi

Jizzax viloyati Baxmal tumani Oqtosh mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Z.R. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, hududdagi savdo do’konidan unga tegishli bo’lgan qiymati 4 million 750 ming so’mlik kiyim-kechaklarni noma’lum shaxs o’g’irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Soha xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni O’smat shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi J.N. sodir etganligi aniqlandi. Ayblanuvchidan 18 turdagi kiyim-kechak daliliy ashyo sifatida olingan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech