22 Noyabr 2021 yil 80

Ko’ngilsiz voqea

Jizzax viloyati Zomin tumani SHarof Rashidov mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan Dashtobod – Zomin 4R-40 yo’lining 20- kilometrida yo’l-transport hodisasi ro’y berdi.

SHarof Rashidov mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” bilan o’zidan oldinda harakatlanayotgan va orqaga qayrilish uchun to’xtagan, mahalladoshi boshqaruvidagi “Neksiya”ning orqasidan urgan.

Oqibatda oldindagi avtoulov egasining 2020 yilda tug’ilgan, voqea yuz bergan paytda avtomashina ichida bo’lgan o’g’li bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi va peshona sohasi teri osti gematomasi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.      

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech