11 Oktyabr 2021 yil 34

Qoramol o’g’risi aniqlandi

2021 yilning 12 avgust kuni Jizzax viloyati Do’stlik tumani Saritepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 8 avgustga o’tar kechasi hududdagi fermer xo’jaligi dalasida bog’liq holda turgan 1 bosh qoramolini kimdir o’g’irlab ketganligini bildirgan.

Jinoyat ishi qo’zg’atilib, amalga oshirilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu qing’irlik SHarof Rashidov tumani Xolxo’jayev hamda Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi 3 kishi tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech