25 Mart 2022 yil 218

Ot o’g’rilari qo’lga tushdi

2022 yil 25 fevralga o’tar kechasi Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani YOyilma mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxsga tegishli ot o’g’irlandi.

Aniqrog’i, tumanning Oltinsoy mahalla fuqarolar yig’inidagi dala maydonida qoldirilgan bir bosh yilqini kimdir so’yib, go’shtini olib ketgandi. Bu to’g’rida otning egasi ichki ishlar organlariga xabar bergach, jinoyat ishi qo’zg’atildi va tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada mazkur o’g’rilik Toshkent viloyati Bekobod tumani O’zbekiston mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 2 nafar shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Aytgancha, otning qiymati 6 million so’mni tashkil qilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech