2 Dekabr 2021 yil 137

Transport to’qnashuvida fuqarolar jarohatlandi

Jizzax shahrining Obod mahallasi hududida SHarof Rashidov tumani Qangli qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi E.Y. boshqaruvidagi “Neksiya” bilan SHarof Rashidov tumanining Mo’lkanlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi O.Z. boshqaruvidagi “Neksiya”ga to’qnashgan.

Oqibatda O.Z.ga tegishli “Neksiya” salonida bo’lgan yo’lovchi, Jizzax shahrining Zilol mahallasida yashovchi J.Z. o’ng o’mrov suyagining yopiq siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech