17 Noyabr 2022 yil 26

Uy emas, tashvishga ega bo’lishdi

2021 yil 18 avgustida Andijon viloyati Ulug’nor tumani Ovulmat mahallasida yashovchi, MCHJ rahbari H.T. ko’p qavatli uy qurish maqsadida “E-auksion” orqali Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani YAngiobod MFY hududidan 67 sotix yer maydoni sotib olib, turar joy qurishiga bir guruh fuqarolarni ishontirib, ulardan 1 milliard 646 million so’m olgan. Ammo 2022 yilning 3 fevralida uyni foydalanishga topshirishni va’da qilgan  qurilish korxonasi rahbari so’zida turmadi.

Jabrlanuvchilarning ichki ishlar organlariga qilgan murojaatidan so’ng o’tkazilgan surishtiruv davomida gumondorning fuqarolardan olgan pullarini o’z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech