11 Oktyabr 2021 yil 31

O’zboshimchalikka jazo bor

Sirdaryo viloyati YAngiyer shahri Toshkent mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, Dashtobod shaharchasi hududida uning boshqaruvidagi “Cobalt”ni Guliston shahrida yashovchi tanishi olib ketib qolganligini bildirgan.

Aniqrog’i, tanish undan 115 million 560 ming so’m qarzini talab qilgan, “Cobalt” egasi bo’lsa, qarz shartnomasi muddati tugamaganligini bayon etgan.

Ammo javob qarz beruvchini qoniqtirmadi va u avtoulovni o’zboshimchalik bilan egallab oldi. Surishtiruv davomida mazkur avtomashina tanishning Sirdaryo viloyati Xovos tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi otasinikida ekanligi ayon bo’ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech