2 Dekabr 2021 yil 246

Haydovchining xatosi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Paxtakor qishloq fuqarolar yig’ini hududidan o’tuvchi YAngiyer – CHimqo’rg’on 4R-32 yo’lining 70- kilometrida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi.

 Paxtakor tumani Suvonobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi X.X. “Lasetti” boshqaruvini yo’qotib, yo’l chetidagi beton to’siqqa urilgan.

Oqibatda haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, kallaning ensa sohasi yirtilgan jarohati, shuningdek mazkur avtoulovda bo’lgan haydovchining qo’shnisi M.K. bosh miya yopiq jarohati va koma holati tashxislari bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech