25 Fevral 2020 yil 2298

3-Sektorda qilinayotgan ishlar

Joylarda sektor rahbarlarining aholi bilan o'tkazayotgan muloqotlari borgan sari ko'payib bormoqdaki, ushbu uchrashuvlarda necha yillar davomida echimimsiz bo'lgan muammolar ijobiy ko'rib chiqilmoqda. Shu jumladan sektor rahbarlarining tashabbuslari bilan muhtasham inshootlar, ko'rkam bog'-rog'lar yaratilyapti. Xalqimiz esa bu kabi savobli ishlarimizga ko'z tegmasin deya qo'llarini duoga ochgan.

Prezidentimiz talabi asosida davlat idoralari rahbarlari tomonidan muntazam ravishda sayyor qabullar uyushtirilayotgani yurtimiz aholisi duch kelayotgan muammolarga echim topish, odamlarning turmush darajasini yuksaltirishga omil bo'lmoqda. Ushbu tadbirlar orqali fuqarolarning idorama-idora sarson bo'lishlarining oldi olinmoqda.

Xuddi shunday viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i ishtirokida Baxmal tumani, Bog'ishamol qishloq fuqarolar yig'inida o'tkazilgan sayyor qabulda yig'ilganlar bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaat etishdi. Gaz ta'minotini yaxshilash, eskirib qolgan transformatorlarni yangisiga almashtirish, ichki yo'llarning tugallanmay qolgan qismiga shag'al yotqizib, oxiriga etkazish chora-tadbirlari belgilab olindi. Aholining mavjud muammolari echimi xususida soha vakillariga
3-setor rahbari tomonidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mazkur tumanning Nurafshon mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tgan muloqotda ham aholini qiynab kelayotgan muammolar eshitildi. Jumladan, ish bilan ta'minlash, maxsus nasoslar orqali suv chiqmaydigan joylarga suv chiqarish, erlarning unumdorligini oshirish borasida zarur bo'lgan texnik vositalardan foydalanish kabi muammolar tinglandi.

Shu kuni general-mayor G'ayrat Qodirov tumanning Fidokor mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurib, Gulmiraxonim nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Qisqa fursat ichida foydalanishga topshirilgan ushbu ta'lim muassasasiga 3 milyard 500 million so'm mablag'sarflangan. Bu pullarning 2 milyard 350 milion so'mi bank kriditi hisobiga, 1 mlrd 150 million so'mi esa xususiy tadbirkor Bobur Fayzullaevning hisobiga to'g'ri keladi. Shuningdek, general-mayor Gulbuloq mahalla fuqarolar yig'inidagi "Yong childiring" hamda Tongotar mahalla fuqarolar yig'inidagi "Yoshlik ziynati" nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilish marosimlarida ham qatnashdi.

Aytish kerakki, ushbu zamonaviy tarzda barpo etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari yosh avlodni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash, aqlan etuk, jismonan sog'lom voyaga etkazishda beqiyos xizmat qiladi.

Text to speech