“Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon
O‘zbekiston
Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”
mutaxassisligi bo‘yicha harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga 2025/2026-o‘quv
yili uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Jizzax viloyatida
doimiy ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan, yoshi o‘n yettidan kichik (qabul
yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan umumiy
o‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega fuqarolar, joriy yilning
1-mart kuniga qadar Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin. Bunda,
erkak nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 160 santimetrdan
past bo‘lmasligi talab etiladi.
Nomzodlar
joriy yilning 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining
maxsus elektron platformasida harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga https://my.uzbmb.uz ro‘yxatdan
o‘tishlari lozim.
Akademiyaning
“tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul
qilish, teng huquqlilik prinsiplari va qabul qilishning yagona qoidalari
asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1)
dastlabki tanlov;
2)
maxsus psixologik tanlov;
3)
yozma imtihon (diktant);
4)
test sinovlari.
Akademiya
“Tergov faoliyati” yo‘nalishida bakalavriat dasturi bo‘yicha ta’lim olish
muddati uch yilni tashkil etib, bitiruvchilarga belgilangan davlat namunasidagi
diplom beriladi.
O‘qitish
o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari asosida tashkil etiladi. Davlat
grantlari asosida o‘qishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining
bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida kamida uch yil ishlab berish
majburiyati yuklanadi.
Akademiyaga
qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa
oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Akademiya
bitiruvchilari vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat
ofitserlar tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi ko‘zda tutilgan
lavozimlarga tayinlanadi.
Qo‘shimcha
ma’lumot uchun: O‘qishga qabul qilish bo‘yicha Telegramdagi guruhga a’zo
bo‘ling. Havola: https://t.me/Tergov_2024
Manzil:
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sayiljoy MFY, To‘raqulov
ko‘chasi 17-uy Mo‘ljal: IIV Jizzax akademik litseyi.