5 Fevral 2025 yil 1064

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yil uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Jizzax viloyatida doimiy ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan, yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va yigirma uch yoshgacha bo‘lgan (muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yoshi yigirma besh yoshgacha bo‘lgan) umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega fuqarolar 2025-yilning 20-mart (shu kuni ham) kuniga qadar Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin. 

Universitetda o‘qish muddati uch yil bo‘lib, ichki ishlar organlariga quyidagi mutaxassislarni tayyorlab beradi:

«Yo‘l-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati»;

«Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati»;

«Pasport tizimini huquqiy ta’minlash».

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
 

Dastlabki saralab olish;

Test sinovlari.

Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

-         hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

-         yakka tartibda suhbatlashish;

-         tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

-         individual-psixologik o‘rganish;

-         umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.

 

Test sinovlari

Qabul komissiyasi tomonidan test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar har yili oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga hujjatlar qabuli boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Nomzodlarni Universitetga o‘qishga qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari (tanlovdan tashqari va test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqiga ega nomzodlar bundan mustasno) asosida amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: O‘qishga qabul qilish bo‘yicha Telegramdagi guruhga a’zo bo‘ling. havola: https://t.me/JXU_24

Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sayiljoy MFY, To‘raqulov ko‘chasi
17-uy 
Mo‘ljal: IIV Jizzax akademik litseyi.

 

Text to speech