29 Noyabr 2021 yil 725

Faoliyat tahlil etildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash borasidagi ishlar tahliliga qaratilgan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilish avvalida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ichki ishlar organlari tizimida kechayotgan islohotlar, yangilik va o’zgarishlar xususida so’z yuritdi.

Tadbirda O’zbekiston Respubikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig’i, general-mayor Azizbek Ikramov sohada ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash hamda ishchi guruh tomonidan shahar va tumanlar ichki ishlar organlarida o’tkazilgan o’rganishlar natijalari haqida to’xtaldi.

Darhaqiqat, har qanday kasb egasidan muayyan salohiyat, tajriba va malaka talab etadi. Xususan, ichki ishlar organlari xodimi ma’nan yetuk, jismonan baquvvat va jangovar tayyorgarligi yuqori bo’lmog’i shart. CHunki kasbi taqozosiga ko’ra murakkab vazifalarni bajarishi, joyi kelganda boshqalarni himoyalashi, xavfli jinoyatchini qo’lga olishiga to’g’ri keladi. SHu bois soha vakillari o’z kasbiy mahoratlarini oshirib borishlari zarur. Ta’kidlash kerak, bu boradagi chora-tadbirlar so’nggi yillarda sezilarli darajada kuchaydi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish choralari ham ko’rilmoqda.

Yig’ilishda ayni yo’nalishda shahar va tuman ichki ishlar organlarida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, erishilayotgan yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham ko’zga tashlanganligi qayd etildi. Ushbu holatlarni bartaraf etish, shuningdek xodimlarning intellektual bilimlarini oshirish, vatanparvarlik tuyg’ulari va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida boshlang’ich kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish tadbirlarini kuchaytirish bo’yicha topshiriqlar berildi. Xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada yaxshilash, faxriylar xolidan xabar olish, kitobxonlikni targ’ib etish, ustoz-shogird an’anasi asosida yosh xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish kerakligi ko’rsatildi. Bundan tashqari, qonuniylikni ta’minlash, tamagirlik, qo’pollik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish bilan bog’liq illatlarga yo’l qo’ymaslikka ham e’tibor qaratildi.

Xodimlarga berilayotgan imtiyozlar ham tilga olinib, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, hamkasblariga namuna bo’layotgan xodimlarni rag’batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham aytildi. Yig’ilishda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy psixologik tayyorgarligini oshirish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech