29 Dekabr 2021 yil
629
Qarzini bermayapti
Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, firibgarlikdan aziyat chekkanligini bildirgan.
Uning ma’lum qilishicha, 2021 yilning 28 may kuni Jizzax shahrining Ko’tarma mahallasida yashovchi, mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari jabrlanuvchidan 1 oyda qaytarib berish sharti bilan 2 milliard 150 million so’m pulini qarzga olgan.
Keyinchalik MCHJ rahbari jabrlanuvchini korxonasining G’allaorol tumani bo’limiga rahbar etib tayinlashni va’da qilib, qarzni to’lashni kechiktirgan.
Qisqasi, pulini ololmagan fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo’ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.