25 Mart 2022 yil
631
Ayblanuvchi hibsxonada
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati Do’stlik tumani Bunyodkor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxsning Mirzacho’l tumanidagi yashirin manzilini aniqlab, qo’lga oldilar.
Bunday yo’l tutilishiga ushbu shaxsning o’g’irlik qilgani, jinoyati fosh bo’lgach, juftakni rostlab qolgani sabab bo’ldi.
Qochoq joriy yilning 3 martidan buyon qidirilayotgan edi. Nima bo’lganda ham ayblanuvchining borar joyi hibsxona bo’ldi.