10 Yanvar 2023 yil
859
Ayblanuvchi qo’lga olindi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Ravot mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi N.N. bir qator firibgarliklarga qo’l urib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar e’tiboriga tushdi.
Qonuniy javobgarlikka tortilishini sezgan ayblanuvchi fuqarolarga yetkazgan ziyonini qoplash o’rniga qochib qolishni ma’qul ko’rdi. O’z navbatida sud tomonidan 2022 yilning 22 dekabrida unga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi qo’llanilib, qidiruv e’lon qilindi.
Qisqasi, ichki ishlar organlari xodimlari uning jazodan qutilib qolishiga yo’l qo’ymadilar. U Jizzax shahridagi yashirin manzilida qo’lga olindi. Ayni vaqtda N.N. hibsxonada.