Cho’lda kesilgan daraxtlar
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati Paxtakor tumani Ipak yo’li qishloq fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan Jizzax – Gagarin 4R-35 yo’lining 83- kilometrida “ISUZU”ni to’xtatib, tekshirganlarida avtoulov yukxonasida 28 dona turli xil manzarali daraxtlar borligi ma’lum bo’ldi.
Surishtiruv davomida “ISUZU” haydovchisi, SHarof Rashidov tumani YOyilma mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi 21 yoshli A.T. daraxtlarni Mirzacho’l tumanining “Mirzacho’l” suv iste’molchilari uyushmasi tarkibiga kiruvchi fermer xo’jaligi dalasidan kesib olganligini bildirgan.
CHo’l hududida daraxt yetishtirish boshqa joylarga nisbatan ko’proq mehnat va o’ziga xos agrotexnik yondashuvni talab etishi hisobga olinsa, A.T.ning ekologiyaga qanday zarar yetkazganligini tasavvur qilish qiyin emas. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.