28 Noyabr 2022 yil
587
Chuv tushirdi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Toqchilik mahallasida yashovchi M.Q. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Jizzax shahrining Alisher Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi SH.R. unga firib berganligini bayon qildi. Ayon bo’lishicha, SH.R. 2022 yilning 22 aprelida garovga qo’yish uchun ob’yekt topib berishni va’da qilib, arizachidan 4600 AQSH dollari olgan.
Garov ob’yektidan ham, puldan ham darak bo’lavermagach, jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.