11 Oktyabr 2021 yil 922

“Cobalt” boshqaruvini yo’qotdi

Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani hududidan o’tgan Toshkent – Termiz M-39 yo’lining 974- kilometrida Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani yermagambetov mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro “Cobalt” boshqaruvini yo’qotdi.

Pirovardda avtoulov yo’l chetida to’xtab turgan “Yutong” avtobusiga urilgan. Bu esa “Cobalt” yo’lovchilari Andijon viloyati Xo’jaobod tumani Islomobod mahalla fuqarolar yig’ini hamda Toshkent viloyati Bo’ka shahrida yashovchi 2 kishining tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etishiga sabab bo’ldi. Xuddi shunday, “Cobalt” haydovchisi shifoxonaning jonlantirish bo’limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech