16 May 2023 yil 276

Muammolarga yechim qidirib...

 

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov hokimlik hamda 3- sektor mas’ullari ishtirokida Forish tumanidagi 130 ta xonadonga ega Oqtepa qishlog’i aholisini suv bilan ta’minlash maqsadida yuzaga keltirilgan inshoot faoliyati bilan tanishdi. Ushbu inshoot 80 metrlik quduq, elektr bilan ta’minlovchi hamda suvni elektr yordamida zararsizlantiruvchi qurilmalar va suv saqlash idishidan iborat.

Hudud aholisi bilan muloqot davomida viloyat IIB boshlig’i mas’ullarga qishda muzlashdan saqlash uchun suv idishini binoga joylashtirishni tavsiya qildi. Aytish joiz, ushbu inshoot oqtepaliklarning 3- sektor rahbariga murojaatidan so’ng barpo etilgan.

Text to speech