5 Yanvar 2023 yil 640

Ehtiyotsizlik oqibatida...

Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumanida ro’yxatda turib, Jizzax viloyati Forish tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida vaqtincha yashovchi X.CH. ov qurolidan jarohatlandi. Chorva mollaridan xabar olish maqsadida yo’lga chiqqan ushbu shaxsning ehtiyotsizligi oqibatida yelkasidagi miltiq otilib ketib, sochma qo’rg’oshin o’qning bir donasi tovoniga tekkan. U shifoxonaga yotqizildi.

“Ij-54” rusumli, 12 kalibrli, 2 stvolli ov quroliga jabrlanuvchi qonuniy egalik qilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Text to speech