29 Noyabr 2021 yil 398

Yoshlar aksiyasi o’tkazildi

Jizzax shahridagi “YOshlar forumi” maydonida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan  “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida yoshlar aksiyasi uyushtirildi. Jizzax viloyati IIB, Jizzax harbiy garnizoni, Milliy gvardiya, YOshlar agentligi hamda YOshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda o’quv muassasalari, xususan IIV Jizzax akademik litseyi o’quvchilari ishtirok etdilar.

Bu jarayonda ular harbiy texnikalar hamda qurol-yarog’lar ko’rgazmasi bilan tanishdilar, shuningdek harbiy xizmatchilarning qo’l jangi bo’yicha chiqishlarini tomosha qildilar. YOshlardagi vatanparvarlikni kuchaytirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida bo’lib o’tmoqda.      

 

Umid TO’YCHIYEV,

IIV Jizzax akademik litseyi yoshlar yetakchisi.

Text to speech