1 Mart 2021 yil
938
Firibgarga jinoiy ish qo’zg’atildi
Jizzax shahri Mirzo Ulug’bek mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi O.G’. Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, o’zining firibgardan jabr chekkanligini bildirgan. Uning ma’lum qilishicha, 2017 yilning fevralidan 2019 yilning may oyigacha bo’lgan vaqt oralig’ida Jizzax shahrining Madaniyat mahallasida yashovchi R.T. hamda Toshkent viloyatining YAngiyo’l tumanida yashovchi N.R. Janubiy Koreyaga ishga jo’natishni va’da qilib, 13 million so’mi va 1420 AQSH dollarini olgan.
Kuta-kuta Janubiy Koreyaga keta olmasligiga amin bo’lgan O.G’.ning arizasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.