7 Dekabr 2022 yil 594

Firibgarlikni kasb qilgandi...

Jizzax shahrining Bobur mahallasida yashovchi E.Q. mahalladoshi A.X.dan norozi bo’lib, ichki ishlar organlariga ariza yozdi. Ayon bo’lishicha, 2022 yilning yanvarida A.X. arizachining uyali aloqa vositasini 1 million 300 ming so’mga narxlab, bo’lib to’lash sharti bilan olgan.

Ammo yigit va’dasida turmadi. SHu bois holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi. Surishtiruvlar davomida A.X.ning Jizzax shahrining Bunyodkor mahallasida yashovchi M.O.ni ham chuv tushirgani ma’lum bo’ldi. Yа’ni A.X. 2022 yilning 10 noyabr’ kuni M.O.dan qiymati 9 million so’mlik 2 dona “Pley steyshn” qurilmasini ijaraga olib, boshqa shaxslarga pullab yuborgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech