24 Avgust 2023 yil 1068

Ishchi guruh faoliyatidan

Ichki ishlar vaziri o’rinbosari — ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig’i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyati YHXBning texnologik imkoniyatlari bilan tanishdi.

Mazkur jarayonda qonunbuzarliklarni aniqlovchi qurilmalarning imkoniyatlari, YPX xodimlarining faoliyatini nazorat qilish hamda ma’muriy amaliyot masalalariga e’tibor qaratildi. SHuningdek, xizmat sharoitlari o’rganildi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, viloyat IIB YHXB binosi qaytadan bunyod etilib, joriy yilda foydalanishga topshirilgan edi. 

Text to speech