1 May 2021 yil 611

G’oliblar munosib taqdirlandi

SHu yilning 20-24 aprel’ kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasida Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari o’quvchilari o’rtasida “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiadasi bo’lib o’tdi.

Ichki ishlar vazirligining buyrug’i asosida sportning bir qator turlari bo’yicha uyushtirilgan mazkur musobaqada IIV Jizzax akademik litseyining o’quvchilari yuqori natijalarga erishdilar. Jumladan, Asadbek Bo’riboyev to’sinda tortilish bo’yicha 1- o’rinni qo’lga kiritdi. Makarov pistoletini qismlarga ajratish va yig’ish bellashuvlarida esa Asadbek Murodovga teng keladiganlar topilmadi.

Mazkur litseyning yana bir o’quvchisi Vazira Anorboyeva kuch ishlatish shartida 3- o’rinni egalladi. Umumjamoa hisobida jizzaxlik o’quvchilar shohsupaning 2- pog’onasiga ko’tarilishdi. G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlangan.  

 

  Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech