12 Oktyabr 2022 yil 560

Hamshiraning hiylasi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali hamshirasi, Jizzax shahrining Jizzaxlik mahallasida istiqomat qiluvchi L.A. bir necha hamkasbining ishonchiga kirib, ularning nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirib olgan. Jumladan, SHarof Rashidov tumani Ziyokor mahallasida yashovchi L.E.ning nomiga 10 million so’m, shu tumanning Qulama mahallasida istiqomat qiluvchi G.R.ning nomiga ikkita bankdan 38 million so’m, yana shu tumanning Qo’shbarmoq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi T.B.ning nomiga 11 million so’m, Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi G.J.ning nomiga 16 million so’m kredit olib, o’z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Tabiiyki, jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilishdi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech