27 Aprel 2022 yil 502

Xotin-qizlar qo’llab-quvvatlanadi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi, xususan xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ularni tazyiq va zo’ravonliklardan himoya qilish  masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining xotin-qizlar masalalari bo’yicha bo’limi, prokuratura, adliya, viloyat oila va xotin-qizlar, sog’liqni saqlash hamda bandlik boshqarmalari, fuqarolik sudi kabi bir qator davlat va jamoat tashkilotlar mas’ullari ishtirokida uyushtirilgan tadbirda muhtojlar va nogiron ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab quvvatlash, notinch oilalarda yashayotgan xotin-qizlarni huquqiy himoyalash chora-tadbirlari belgilab olindi.

Jumladan, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, oiladagi tazyiq va zo’ravonliklarga qarshi targ’ibotni kuchaytirish, sudlarda xotin-qizlarning manfaatlarini samarali himoyalash, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytganlarni ijtimoiy moslashtirish, ularning bandligini ta’minlash, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ayni maqsadda viloyatning barcha hududlarida ayollar bilan muloqotlar o’tkazish va bu jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga kelishib olindi. Dastlabki muloqot 27 aprel’ kuni Mirzacho’l tumanida bo’lib o’tadi.

Text to speech