31 May 2022 yil 609

Ijtimoiy muammolarni hal etish choralari ko’rilyapti

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Do’stlik tumanida bo’lib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, iste’mol mahsulotlari narxlarining sun’iy oshirilishiga yo’l qo’ymaslik borasida belgilangan chora-tadbirlar sifatini o’rgandi. Sektor rahbari Alisher Navoiy mahallasidagi savdo majmualari va shoxobchalaridagi oziq-ovqat hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini ko’zdan kechirib, mas’ullarga qimmatchilikning oldini olish bo’yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.

So’ng boshqarma boshlig’i Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig’ini binosida yig’in raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. SHu joyda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va bandlikni ta’minlashga oid muammo va masalalar muhokama etildi. Mazkur jarayonda aholining ehtiyojmand qatlamiga subsidiya va kreditlar ajratish, ularni mehnat qurollari bilan ta’minlash, xonadonbay ishlash orqali qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, ijtimoiy muammolarga yechim topish, yoshlarni sportga jalb qilish, musobaqalar uyushtirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i G’afur G’ulom mahallasidagi 100 dan oshiq ishchi mehnat qilayotgan tikuvchilik sexiga ham bordi. Korxona mas’ullari bilan o’tkazilgan muloqot davomida tadbirkor qo’shimcha bino ajratilishida ko’mak so’radi. Masalaga yechim topish bo’yicha tuman 3- sektor rahbariga topshiriq berildi.

Boshqarma boshlig’i CHinobod mahallasidagi 2- sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy ta’lim maktabida ham bo’ldi. Bu yerda inspektor-psixolog faoliyati o’rganildi, shuningdek yo’l harakati xavfsizligi sinfida yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirildi. Ta’lim dargohida soha vakillariga yozgi ta’tilda o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yo’llarda ko’ngilsiz hodisalarning oldini olishga doir topshiriq va tavsiyalar berildi.

Text to speech