29 Avgust 2024 yil 1288

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi

Tantanali ochilish marsimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev, viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov, Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovlar ishtirok etishdi. Jarayonda ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarga maqsadli yordam ko`rsatiladigan markazda fuqarolar hamda davlat xizmatchilari uchun yaratilgan sharoitlar ko`zdan kechirildi.

Qayd etish joiz, binoning birinchi qavatida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, ikkinchi qavatida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi faoliyat ko`rsatadi.

Text to speech