28 Mart 2023 yil
603
Yаngi tahrirdagi konstitutsiya haqida ma’lumot berildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining mazmun-mohiyatidan soha vakillarini xabardor etish maqsadida yig’ilish tashkil etildi. Viloyat IIB, hududiy ichki ishlar boshqarma va bo’limlari hamda sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirokida o’tgan tadbirni viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov boshqarib bordi.
Yig’ilishda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati O’rol O’rozboyev so’zga chiqib, yangi tahrirdagi konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. SHuningdek, umumxalq referendumi o’tkaziladigan kuni jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga oid masalalarga e’tibor qaratildi.