5 Dekabr 2021 yil 641

Konstitutsiya - farovon hayotimiz poydevori

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi patrul’-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi hamda Ichki ishlar vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Jizzax viloyati maxsus otryadi xodimlari ishtirok etdilar. So’zga chiqqan ma’ruzachilar mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamizning mustaqil demokratik huquqiy davlatni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omili sifatidagi ahamiyatini e’tirof etdilar.

Ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundan o’tgan 29 yil ichida uning norma va qoidalari izchil amalga oshirilib borib, fuqarolik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, turmush darajasini izchil oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan va ta’lim sohalarida yuqori darajalarga erishishga xizmat qilmoqda.

SHuningdek, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlash – davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar, barcha darajadagi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy va so’zsiz muvofiqligi huquqiy demokratik davlatning eng muhim mezoni ekanligi aytildi.

Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Text to speech