21 Sentyabr 2021 yil
824
“Lasetti” 3 yoshli qizni urib yubordi
2021 yil 19 sentyabr’ kuni soat 18.15 larda Paxtakor tumani Paxtakor QFY Gulbahor ko’chasida Samarqand viloyati Payariq tumani Sarbozor MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro “Lasetti” rusumli avtoulovida yo’lning belgilanmagan joyidan kesib o’tayotgan 3 yoshli qizni urib yubordi, yo’l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda bola bosh miya lat yeyishi va hamkor jarohatlar tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo’limiga yotqizildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.