Litsey o’quvchilari muzeyda
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o’quvchilarining xorijiy tillarni chuqur o’rganishlari va ma’naviy dunyosini boyitishga alohida e’tibor qaratilgan. SHu ma’noda seminar treninglar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilayapti.
Litseyning xorijiy tillar kafedrasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi Jizzax viloyati vakilligi bilan hamkorlikdagi seminar treninggida o’quvchilar ishtirok etdilar. Asosiy maqsad yosh avlodning bilimini yanada mustahkamlash, xorijiy tillar, xususan ingliz tilini chuqur o’rganishning ahamiyatini yetkazishga qaratildi. Trenerlar tomonidan esa ingliz tilining o’rganishning mohiyati, xalqaro sertifikatlarning oliy o’quv yurtlariga kirishidagi o’rni, haqida tushunchalar berildi.
Aytish joiz, litsey o’quvchilarining ma’naviy dunyosini boyitish, ulug’ bobokalonlarimiz hayoti va amalga oshirgan ishlari bilan yaqindan tanishtirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tarixiy qadamjolar va muzeylarga sayohatlar ham tashkil qilib borilmoqda. Xususan, bilim yurtining birinchi bosqich o’quvchilari uchun SHarof Rashidov yodgorlik muzeyiga sayohati uyushtirildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’z navbatida o’nayotgan avlodga atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning hayoti, amalga oshirgan ishlari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi. Dastlab SHarof Rashidovning elu yurt farovonligi yulida kilgan ezgu ishlari, shaharu qishloqlarni obod qilish, yo’llar qurilishi, aholining turmush darajasini yaxshilash borasida jasorati, ijodi xususida ma’lumot berildi. Yillik o’quv reja asosida uyushtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida ishtirokchilar mavjud eksponatlar, adibning asarlari bilan ham tanishtirildi.
Qisqasi, ushbu tadbir orqali o’quvchilarning atoqli shaxsning hayoti va ijodiga oid bilimlari oshirildi.