Muhim siyosiy tadbir oldidan...
Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Mirzacho’l tumanidagi 16- sonli o’rta umumta’lim maktabida hokimlik va 3- sektor mas’ullari, mahalla faollari, ta’lim muassasalari vakillari bilan muloqot o’tkazdi. Mazkur jarayonda 30 aprel’ kuni mamlakatimizda bo’lib o’tadigan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga oid referendumga tayyorgarlik masalasi ko’rib chiqildi. Jumladan, yangilanayotgan konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini ommaga yetkazish, jamoat xavfsizligi va osoyishtalikni ta’minlash hamda ovoz beriladigan binolarni hozirlash yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shu nuqtai nazardan 3- sektor rahbari 16- sonli o’rta umumta’lim maktabida siyosiy tadbirni tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. YAkunda hududda faoliyat yuritayotgan klaster mutasaddilari bilan suhbat o’tkazilib, chigit ekish bilan bog’liq agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, mineral o’g’it va yonilg’i talon-tarojining oldini olish choralari belgilab olindi. Bundan tashqari viloyat IIB boshlig’i hududni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish yuzasidan takliflarini bayon etdi.