O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o`qishga qabul qilish bo`yicha tanlov e’lon qilinadi
Tanlov tadbirlari O`zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to`g`risida»gi Qonuni va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida o`tkaziladi.
Nomzodlarga
qo`yilgan talablar:
-
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lishi;
- Jizzax
viloyatida doimiy ro`yxatda turishi;
- Yoshi 18
yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo`lmagan, shu jumladan 30 yoshdagi ham;
- Erkaklar
muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o`tagan bo`lishi
(zahiradagi ofiserlar tarkibi qabul qilinmaydi);
Oliy ma’lumotga
ega bo`lishi.
Malaka oshirish
institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida joriy yilda Jizzax viloyati ichki
ishlar organlarining quyidagi yo`nalishlari bo`yicha mutaxassisliklar
tayyorlanadi:
- Yo`l-patrul
faoliyati (bo`yi erkaklar 175sm);
- Jamoat
tartibini saqlash faoliyati (bo`yi erkaklar 170 sm)
- Pasport
tizimini taʼminlash faoliyati (boʻyi erkaklar 165 sm);
- Maxsus operатsiyalarni amalga oshirish faoliyati (bo`yi erkaklar 165 sm)
Kasbiy
tayyorgarlik fakultetiga o`qishga kirish istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi
hujjatlari bilan joriy yilning 16 yanvar kuniga qadar (soat 09:00 dan 17:00
gacha) O`zbekiston Respublikasi IIV Jizzax akademik litseyiga (Jizzax shahar,
Sayiljoyi MFY, To`raqulov ko`chasi, 14-uy) kelishlari so`raladi:
•
fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);
• harbiy
guvohnoma asl nusxasi;
• bakalavr
diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);
Qo`shimcha
maʼlumotlar uchun telefonlar: (72) 226-79-73; (72) 226-79-26
Telegramm
kanali: “Kasbiy_2” – dan axborot olib borishingiz mumkin
Eslatma:
belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro`yxatiga
kiritilmaydi.