12 Oktyabr 2022 yil 475

O’g’irlik hisobidan tadbirkorlik qilmoqchi bo’lgan

2022 yilning 28 sentyabriga o’tar kechasi Jizzax viloyati G’allaorol tumani Sarbozor mahallasida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish shoxobchasidan qiymati 5 million 600 ming so’mlik “Sconamanic-2” rusumli diagnostik uskuna o’g’irlandi. Bu to’g’rida ichki ishlar organlariga G’allaorol tumani Qashqabuloq qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi jabrlanuvchi N.J. ma’lum qilgan.

Jinoyat ishi qo’zg’atilib, soha vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o’g’rilik shu tumanning Ko’kgumbaz mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi D.H. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech