8 Aprel 2021 yil 999

O’g’ri bozorda qo’lga tushdi

Joriy yilning 3 aprelga o’tar kechasi Jizzax viloyati YAngiobod tumani Havotog’ qishloq fuqarolar yig’ini fermer xo’jaligi dalasidan qiymati 65 million so’mlik 2 bosh ot o’g’irlandi. Bu to’g’rida YAngiobod tumani ichki ishlar bo’limiga otlarning egasi, tumanning YAngiobod shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi X.A. ma’lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat YAngiobod tumani Havotog’ qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi J.X. hamda Sirdaryo viloyati Xovos tumani Paxtakor qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi R.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. O’g’rilar Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumani hududidagi mol bozorida otlarni sotayotgan vaqtida qo’lga olindi.

Text to speech