18 Yanvar 2022 yil 635

O’g’ri ushlandi

SHarof Rashidov tumani Toqchilik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shasx ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Jizzax shahrining Qassoblik mahallasi hududidagi unga tegishli qurilishi tugallanmagan savdo do’koniga o’rnatilgan 5 dona alyuminiy profilli romlarni noma’lum shaxs o’g’irlab ketganligini bildirgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o’g’irlikni Samarqand viloyati Bulung’ur tumani Oqtosh qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs sodir qilgani aniqlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech