1 Oktyabr 2021 yil 733

O’qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir o’tkazildi

O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan IIV Jizzax akademik litseyida bayram tadbiri uyushtirildi. Tantana avvalida respublika Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po’lat Bobojonovning tabrigi o’qib eshittirildi.

SHundan so’ng o’qituvchilarning sharafli va mashaqqatlari mehnatlari e’tirof etilib, ulardan bir guruhiga Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliqlari topshirildi.

Tadbir davomida bilim olish borasida tengdoshlariga o’rnak bo’layotgan 4 nafar litsey o’quvchisi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “O’qishdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. YAna 4 nafar faol o’quvchining Ichki ishlar vazirligi tomonidan stipendiya bilan ta’minlanishi e’lon qilindi.

YAkunda litsey badiiy jamoasining bayram konserti uyushtirildi.

Text to speech