O’tgan davrdagi faoliyat tahlil etildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlari tezkor xizmatlarining joriy yil o’tgan davridagi faoliyati tahlili hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Viyedoselektor tarzida o’tgan yig’ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, sohaviy xizmatlar hamda shahar va tumanlar ichki ishlar bo’limlari boshliqlari, ularning o’rinbosarlari qatnashdilar. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov boshqarib borgan tadbir avvalida joriy yilning o’tgan davrida viloyatda yuz bergan jinoyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ammo bir qancha tumanlarda ayrim turdagi jinoyatlar oshishiga yo’l qo’yilgan. SHu ma’noda, bir qator rahbarlar tanqid ostiga olinib, faoliyatni o’nglash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Joriy yilning o’tgan davrida sodir qilingan jinoyatlarning 97 foizi, o’tgan yillarda sodir etilgan jinoyatlarning esa 24 tasi fosh etilgan.
SHu ma’noda, bu yo’nalishdagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan rejalar belgilab olindi.
SHundan so’ng Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari faoliyati muhokama etildi. Xususan, joriy yilning o’tgan davrida 68 ta yo’l-transport hodisasi yuz berganligi inobatga olinib, yo’llarda qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilmalar sonini oshirish, qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish choralari belgilab olindi.
Tadbirda sektorlar kesimida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilgan aholi qatlamini ish bilan ta’minlash, ularga ko’mak ko’rsatish, mavjud ijtimoiy iqtisodiy muammolarni hal etish hamda “Obod qishloq” dasturi doirasidagi ishlar ham ko’rib chiqildi.
Yig’ilish mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora tadbirlar beligilab olindi.