9 Fevral 2023 yil 846

Og’u savdosiga chek qo’yildi

Jizzax viloyati IIO xodimlari tomonidan giyohvandlik modda savdosiga chek qo’yildi. Xususan, joriy yilning 2 fevral’ kuni shaharning Obod mahallasida tezkor tadbir o’tkazildi. Jarayonda SH.Rashidov tumani Fayzobod mahallasida yashovchi L.J. 1 million 200 ming so’mga 4,33 gramm og’irlikdagi marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida L.J. giyohvandlik moddani shaharning Qaliya mahallasida istiqomat qiluvchi Z.Q.dan 1 million so’mga sotib olganligi ma’lum bo’ldi. Tezkor tadbir davomida Z.Q. haridor L.J.dan pullarni olayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo’lga olindi.

Ushbu Z.Q.ning yashash xonadoni va yordamchi xo’jaligi xolislar ishtirokida ko’zdan kechirish chog’ida qurilishi tugallanmagan bino ichidagi tuvakda polietilen paketga solingan jami 12,58 gramm marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 273- moddasi 3- qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Text to speech