18 Yanvar 2022 yil 817

Piyodani ko’rmay qolgan

Forish tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tuvchi Jizzax - Forish - Qizilcha 4R-36 yo’lining 110-kilometrida yo’l-transport hodisasi ro’y berdi. Navoiy viloyati Nurota tumani Sentop mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” bilan yo’l chetida turgan piyodani urib yuborgan. Hodisaga quyuq tuman sabab bo’ldi.

Forish tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashaydigan jabrlanuvchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, chap oyoq boldir suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech