Sektor rahbari sayyor qabul va yoshlar bilan muloqot o’tkazdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Arnasoy tumani markazidagi kasb-hunar maktabida sayyor qabul va yoshlar bilan muloqot o’tkazdi. Tadbir doirasida yoshlar festivali uyushtirilib, ulg’ayib kelayotgan avlod vakillari stol tennisi, armrestling, tosh ko’tarish, shaxmat-shashka musobaqalarida kuch va iqtidorlarini sinovdan o’tkazdilar. SHuningdek, tasviriy va xalq amaliy san’ati ko’rgazmasi, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.
Festival’ yakunlangach, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov hamda Arnasoy tumani hokimi Xurshid Alimardonov so’zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayogan imkoniyat va sharoitlar haqida to’xtaldilar. SHundan so’ng Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida ilm-fan, sport va san’at sohalarida yuqori natijalarga erishayotganlar hamda shu kuni tashkil qilingan sport musobaqalari g’oliblari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining faxriy yorliq va sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari 7 nafar yoshga oliy ta’lim kontrakt to’lovlarining 50 foizini, 1 nafar yoshga safarbarlik chaqiruv rezervi to’lovini qoplashga oid sertifikatlar topshirildi. YAna 2 nafar yosh payvandlash uskunasi va tikuv mashinasini qabul qilib oldi. SHuningdek, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda yoshlarga ID kartalar topshirildi.