5 May 2022 yil 841

Sel oqimi yo’lida qolgan ikki fuqaro xodimlari tomonidan qutqarildi

Kecha, 4 may kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining tog’li hududlarida kuzatilgan kuchli yog’ingarchilik natijasida tumanning “Peshag’or”, “Achchi”, “Qang’li” va “SHo’rcha” qishloqlaridan o’tgan soylarda sel suvlari oqimi kuzatildi. Hodisa oqibatida sel suvlari “Jizzax – Zomin” avtomobil’ yo’li ostida o’rnatilgan quvurlarga sig’masdan ushbu yo’lning 25, 26, 27-kilometrlari ustidan toshib o’tgan.

Mazkur sel oqimi yo’lida uch nafar fuqaro qolib ketgan va ular ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qutqarilgan. Hozirda ularning axvoli yaxshi.

Qayd etish joiz, sel oqibatlarini bartaraf etishda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 140 nafar qutqaruvchilari va 8 ta maxsus texnika, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning 83 nafar shaxsiy tarkibi va 25 ta maxsus texnikasi jalb etildi. Xodimlar tomonidan sel suvlari toshgan ko’chalar, aholi xonadonlarida o’rganishlar olib borilib, sel qoldiqlari tozalanayapti. Hovli va yerto’lalarda to’plangan suv maxsus texnikalar yordamida chiqarilmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo’q.

Text to speech