21 Fevral 2023 yil 255

Tadbirkorlar quyosh panellari o’rnatish istagini bildirishdi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumani markazida tadbirkorlarga muqobil energiya manbalaridan foydalanishga bag’ishlangan targ’ibot uyushtirildi. Tadbirda  viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov, Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro’ziyev hamda bir qator sohalar mutaxassislari so’zga chiqdilar. Mazkur jarayonda quyosh panellarining iqtisodiy imkoniyatlari, turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Text to speech