23 Iyul 2021 yil 745

Tarbirkorni shilgan firibgar

Jizzax shahrining Ulugbek maqalla fuqarolar yig’inida yashovchi xususiy tadbirkor ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Farg’ona viloyati Qo’qon shahri Muqimiy shaharchasida yashovchi, turmushidan ajrashgan shaxs unga firib berganligini bildirgan.

Ma’lum bulishicha, 2021 yilning 25 mart  kuni ayol kiyim-kechak tayyorlab berish sharti bilan tadbirkordan 50 ming AQSH dollari qiymatidagi matolarni olib ketdi. Ammo “ishbilarmon” ayol kiyim-kechak ishlab chiqarish o’rniga matolarni Farg’ona viloyati bozorlarida arzon narxlarda sotib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech