11 Oktyabr 2021 yil 678

O’g’rining firibi fosh bo’ldi

2021 yilning 23 avgustida Jizzax viloyati G’allaorol tumani Qo’ytosh shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 10 avgustga o’tar kechasi hovlisidagi qo’rasidan 2 bosh qo’yi o’g’irlanganligini bildirgan.

Soha xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining qishloqdoshi tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilyapti.

Text to speech