Xodimlarning ko’nikmalari oshirildi
IIO xodimlari xizmat faoliyati davomida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishlari hamda ushbu prinspga har tomonlama va to’laqonli amal qilishlarini ta’minlash, ularning muomala madaniyatini yaxshilash, bu boradagi shaxsiy javobgarligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, IIV tomonidan xodimlarning fuqarolar bilan muloqotida mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida sayyor seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazildi. IIV Malaka oshirish institutining Jizzax filialida o’tgan seminarda viloyat IIB JXX YHXB, JTSB, HPB xodimlari ishtirok etishdi. 3 kunlik seminar-treninglarda dastlab ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyati tushuntirildi. SHu bilan birga xodimlar tomonidan xizmat faoliyatida yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklar, xususan fuqarolar bilan qo’pol muomalada bo’lish va noto’g’ri xatti-harakatlar sodir etish holatlari misollar asosida etkazildi.
Seminarda IIV Malaka oshirish instituti, IIV Akademiyasi va vazirlikning sohaviy xizmat mutaxassislari tomonidan xizmat vaqtida yuzaga kelgan turli “stress vaziyatlarda o’z-o’zini boshqarishning psixologik omillari”, “xodimlar etiketi va muloqot madaniyati”, “ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash metodlari”, “stress va agressiv holatlarni engillashtirishga mo’ljallangan psixokorreksion” treninglar o’tildi.
Jarayonda xodimlardan muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqotda mas’uliyatini yanada oshirish va salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish bo’yicha so’rovnoma o’tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi. YAkunda tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.