26 Mart 2023 yil 267

Yangiobod tumani: muammolarga yechim qidirib...

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov YAngiobod tumanining Qo’shqand qishlog’idagi 11- sonli o’rta umumta’lim maktabi, oilaviy shifokorlik punkti, Qo’riq qishlog’idagi 17- sonli o’rta umumta’lim maktabi hamda YAngiobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha 3- sektor shtabida bo’lib, mazkur muassasalarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha o’z tavsiyalarini bildirdi. SHuningdek, faollar ishtirokida Qo’shqandda huquq-tartibot maskani va tikuvchilik sexi faoliyatini yo’lga qo’yish masalalari ko’rib chiqildi.

Text to speech