3-sektor mas’ullari hududdagi ta’lim muassasalarining o’quv yiliga tayyorgarligini ko’zdan kechirishdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishdi. Asosiy e’tibor o’rta umumta’lim maktablarining yangi o’quv yiliga tayyorgarligiga qaratdi. YAna sanoqli kunlardan so’ng yurtimizdagi umumta’lim maktablarida yangi o’quv yili boshlanadi. O’tgan davr mobaynida esa ushbu o’quv muassasalari binolarida qator ishlar amalga oshirildi.
CHunonchi, 3- sektor hududidagi maktablarda ham qo’shimcha binolar qurish, joriy va kapital ta’mirlash, atrofni obod qilish ishlarini amalga oshirdi. SHu kunlarda so’nggi pardozlash va o’quv binolari hududlarini obod qilish choralari ko’rilayapti. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari 3- sektor hududidagi ta’lim muassasalaridagi amalga oshirilgan obodonlashtirishni kshzdan kechirdi. Sinfxonalar, sport zallari, kutubxona hamda oshxonalarda yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirdi. Aniilangan kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish maqsadida mas’ullarga topshiriq berdi.
Mirzacho’l, Do’stlik, Paxtakor va Zafarobod tumanlaridagi o’rta umumta’lim maktablarining o’quv yiligi tayyorgarligini o’rganish chog’ida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni sportga jalb etish maqsadida to’garaklarning samarali faoliyat ko’rsatishlari, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobxonlikni targ’ib etishga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish lozimligi uqtirildi.
Aytish joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’chalarga qamrab olish choralari ham ko’rilayapti. Mas’ullar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bo’lib, qamrov sonini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ilg’or uslublarni keng joriy etish bo’yicha tavsiyalar berishdi.